Ha, shunday tavsiyalar mavjud. Mana ular:
- paxtali ichki kiyimlarga afzallik bering;
- haddan tashqari tor kiyimlardan saqlaning;
- xushbo‘ylantirgichlarsiz tabiiy sovunlardan foydalaning;
- hayz paytida prokladkalarni tez-tez almashtirib turing;
- har kunlik prokladkalardan, ayniqsa xushbo‘y hidli turlaridan voz kechishga harakat qiling;
- o‘tirib ishlaydigan bo‘lsangiz, tanaffuslar qiling, har soatdan keyin chigal yozdi mashqlarini bajaring;
- faol dam oling, sevimli mashg‘ulotlaringiz uchun vaqt toping va to‘yib uxlashga harakat qiling.